Bugun, 29-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboni va «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi Mustaqillik monumentiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkala tadbirda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahri jamoatchiligi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar ishtirok etdi.
Shahidlar xotirasi xiyobonida Qur’on tilovati qilinib, Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido etgan ajdodlar xotirasi yodga olindi. Ulamolar va ziyolilar bilan suhbatda tarixni o‘rganish, uni yoshlarga yetkazish hamda mustaqillik va tinchlikning qadrini anglatish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari o‘z nutqida qatag‘on qurbonlarining fidoiyligi va jasorati hech qachon unutilmasligini ta’kidladi. So‘nggi yillarda mingdan ortiq...