O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan yil boshidan buyon yetti mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Mamlakatda umumiy quvvati 4 582 MVt bo‘lgan 12 ta quyosh va 4 ta shamol stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda ishlab chiqarilgan energiyaning 4,36 mlrd kVt·soati quyosh, 2,64 mlrd kVt·soati shamol stansiyalariga to‘g‘ri keladi.
Natijada 2,1 mlrd kub metr gaz tejaldi hamda atmosferaga chiqadigan 2,94 mln tonnadan ortiq zararli gazlar kamaytirildi.
Shuningdek, yil boshidan bugungi kungacha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari umumiy hisobda 11,9 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqib, mamlakatning umumiy generatsiyasining 21,5 foizini ta’minladi.
Mutaxassislarning...