Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qoraqalpog‘istondagi A-380 avtomagistralini modernizatsiya qilish uchun $233,1 million ajratishni ma’qulladi. Mablag‘ kredit ko‘rinishida taqdim etiladi, deya xabar berdi xalqaro moliya institutining matbuot xizmati.
Loyiha G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu (A380) yo‘lining 12 km uzunlikdagi qismini rekonstruksiya qilishni, shuningdek, To‘rtko‘l — Ellikqal’a — Beruniy yo‘nalishi bo‘yicha 75 km uzunlikdagi aylanma yo‘l qurilishini o‘z ichiga oladi.
Trassaning sement-beton qoplamasi, ilg‘or drenaj tizimi va yo‘l to‘sig‘ining balandligi obyektni iqlimiy xatarlarga nisbatan yanada barqaror qiladi.
Yo‘l bo‘ylab transportni avtomatik tortish tizimlari o‘rnatiladi. Shuningdek, trassa bo‘ylab beshta dam olish zonasi tashkil etilib, ularda tijoriy xizmatlar va elektromobillar uchun...