«Tashabbusli budjet» jarayonida majburiy ovoz to‘plagan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Joriy yilgi 2-mavsum doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda. Shu kunlarda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Qiziltepa tumanidagi tibbiyot tashkilotlarida xodimlarni majburiy ovoz berishga jalb qilish holatlari haqida xabarlar tarqalgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, bu masala atroflicha o‘rganilmoqda. Agar holatlar tasdiqlansa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chiqariladi yoki agar g‘olib deb topilgan bo‘lsa, g‘oliblar ro‘yxatidan olib tashlanadi. Shu borada tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborilgan.
27-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, fuqarolar tomonidan berilgan ovozlar bo‘yicha Qashqadaryo...