Xitoyda yuzlab ayollar shaxsiy fotosurat va videolari noqonuniy tarzda Telegramda tarqatilgani fosh etildi. Ulardan biri – yosh ayol CNN’ga shaxsiy ma’lumotlari va yaqin videolari sobiq sevgilisi tomonidan maxfiy chatda 100 mingdan ortiq obunachiga ulashilganini aytib berdi.
«Mask Park» kanali fosh bo‘ldi
«Mask Park Treehole Forum» nomli kanal – so‘nggi o‘n yillikda Sharqiy Osiyoda aniqlangan eng yirik ekspluatatsion platformalardan biri sifatida tanildi. Bu yerda nafaqat ayollar, balki ularning oila a’zolari ham tahqirli muhokamalarga nishon bo‘ldi. Ayollarni haqoratli so‘zlar bilan «og‘zaki zo‘rlash» holatlari keng tarqalgan.
Kanal yopilgan bo‘lsa-da, CNN o‘nlab boshqa shunga o‘xshash guruhlarni topdi. Ba’zilarida 20 mingdan ortiq foydalanuvchi...