Xitoyga parvoz qilish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aviatashuvchilari soni 8 taga yetkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
12 − 14-avgust kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo – Xitoy (S5+1) fuqaro aviatsiyasi boʻyicha ikkinchi konferensiyada muhim kelishuvlarga erishildi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 130 tagacha oshirish boʻyicha hujjat imzolandi.
Mazkur kelishuv natijasida Oʻzbekiston aviakompaniyalari Xitoyning yangi shaharlari bilan ham parvozlarni yoʻlga qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Shu bilan birga, yoʻlovchi va yuk tashish qatnovlari soni sezilarli darajada ortadi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil iyunida Sian shahrida oʻtkazilgan ilk konferensiyada aviakompaniyalar soni 3 tadan 6 taga oshirilgan, parvoz...