Realme kompaniyasi o‘zining yangi budjet toifasidagi Realme Note 80 smartfonini rasman taqdim etdi va u 13-mart kunidan Tailand bozorida sotuvga chiqadi.
Yangi model 6,74 dyuymli IPS-displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning ruxsati 1600×720 pikselni, yangilanish tezligi esa 90 Hts ni tashkil etadi. Smartfon ishlashi uchun sakkiz yadroli Unisoc T7250 protsessori javob beradi. Qurilma 4 GB tezkor xotira hamda 64 yoki 128 GB doimiy xotira variantlarida taklif etiladi.
Smartfonning asosiy kamerasi 8 megapiksel, old kamerasi esa 5 megapiksel aniqligida ishlaydi. Avtonom ishlash uchun 15 vattli tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlovchi 6300 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, batareya to‘rt yillik kundalik foydalanishdan...