Qozog‘istonning QazaqGaz davlat gaz kompaniyasiga qarashli Intergaz Markaziy Osiyo korxonasi 2025-yilning birinchi yarmida 30,47 mlrd tenge ($56,3 mln) sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Bunga Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti ortgani asosiy sabab bo‘ldi.
2023-yil oktabridan boshlab Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazish yo‘lga qo‘yilgan. Tranzit kuniga 9 mln kub metrgacha, yillik maksimum esa 3,3 mlrd kub metr deb belgilangan. Ayni paytda rasmiy raqamlar 2,8–3 mlrd kub metrni ko‘rsatmoqda.
Gaz teskari yo‘nalishda, ya’ni «Markaziy Osiyo–Markaz» tizimi orqali yetkazilmoqda. Bu quvurlar ilgari Yevropaga gaz uzatishda qo‘llanilgan edi. «Gazprom» vakillari bu loyiha O‘zbekiston aholisini kuz-qish mavsumida gaz bilan...