Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 15 davlat tomonidan Falastinni davlat sifatida tan olish haqidagi qo‘shma bayonotni e’lon qildi.
Bayonotda Isroil va Falastin ikki mustaqil demokratik davlat sifatida tinchlikda, xavfsizlikda va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralar doirasida yonma-yon yashashi kerakligi haqidagi qat’iy pozitsiya tasdiqlangan.
Tashqi ishlar vazirlari ushbu bayonotni 2025-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasidagi davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvi arafasida e’lon qilgan.
«Biz Andorra, Avstraliya, Kanada, Finlyandiya, Fransiya, Islandiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Malta, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Portugaliya, San-Marino, Sloveniya va Ispaniya tashqi ishlar vazirlari sifatida, Falastin davlatini tan olganimizni...