Shu yilning 15-mayidan boshlab Work and travel xalqaro dasturi doirasida chet elda ishlash va sayohat qilishni rejalashtirgan talabalar uchun foizsiz ssuda ajratish tartibi joriy etiladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlariga borish xarajatlarini qoplash uchun ssuda beriladi.
Bunda har yili ikki ming nafargacha talabaga BHMning 40 baravari (15 mln so‘m) miqdorida ssudaga ega bo‘ladi.
Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. Ajratilgan ssuda talaba xorijdan qaytgach bir oy ichida qaytarilishi shart.
Ariza topshirishda nomzoddan xorijiy...