Hindiston Milliy tibbiy komissiyasi (MTK) O‘zbekiston va Markaziy Amerikadagi ayrim tibbiyot universitetlarida tahsil olayotgan yoki o‘qishni rejalashtirayotgan talabalarni jiddiy ogohlantirdi. Bu haqda The New Indian Express nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Hindiston rasmiylari bu oliygohlarning tibbiy ta’lim sifati bo‘yicha mamlakat talablariga javob bermasligini ma’lum qilgan.
Ogohlantirishda Markaziy Amerikadagi uchta universitet: Belizdagi Markaziy Amerika sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti, Kolumbiya Markaziy universiteti va Vashington sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti, shuningdek, O‘zbekistonning Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali nomma-nom keltirilgan. Bu oliygohlar Hindiston fuqarolari uchun xavfli deb topilgan.
Rasmiy bayonot Hindistonning Meksikadagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligining Yevrosiyo bo‘limi tomonidan taqdim...