O‘zbekistonda ipoteka krediti asosida sotib olingan uyga fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish endi uy egasi arizasi va bank roziligi orqali amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentining 24-fevraldagi farmonida aytiladi.
Unga ko‘ra, fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda garovga oluvchining, ya’ni bankning ruxsati majburiy hisoblanadi. Bu jarayon uy egasining bevosita arizasiga asosan, amalga oshishi farmonda aniq belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 8-maydagi farmoniga muvofiq propiska to‘g‘risidagi qonun bekor qilinib, ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etilishi ma’lum qilingan edi.
Ushbu farmon doirasida 2011-yilda qabul qilingan «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga...