Xitoyning Dongfeng avtomobil ishlab chiqaruvchisi yangi Voyah Free+ EREV krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, model ikki xil uzatma tizimi bilan taklif etiladi: orqa g‘ildirakdan tortuvchi (RWD) va to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi (AWD) versiyalar. Narxlar quyidagicha:
RWD Qiankun – 219 900 yuan ($30 ming); AWD Qiankun – 249 900 yuan ($34 ming); AWD Sport – 279 900 yuan ($39 ming).Model uchun dastlabki 15 daqiqada 11 583 ta buyurtma kelib tushgan. Voyah 2025-yilda 200 mingta avtomobil sotishni rejalashtirgan, ammo shu kungacha bu rejadan 28 foiz bajarilgan.
Voyah Free+ – Free seriyasidagi uchinchi model. Undan oldin...