Rossiyada 10-iyuldan boshlab migrantlar uchun imtihon talablari o‘zgardi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, endilikda Rossiyada ishlash yoki yashash uchun ruxsat olishni istaganlar rus tilini chet tili sifatida bilish, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha yangilangan tartibda imtihon topshiradi.
Tinglab tushunish bo‘yicha topshiriqlar soni ikki barobar oshiriladi – oldin ikkita bo‘lsa, endi to‘rtta bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu bo‘limni muvaffaqiyatli topshirish uchun majburiy minimal ball belgilandi.
Shuningdek, vaqtincha yashash yoki yashash guvohnomasini olish imtihonida ham tinglab tushunish va og‘zaki nutq bo‘limlari bo‘yicha minimal ballar belgilanadi.
Ta’lim va fanni nazorat qilish federal xizmati bu choralar imtihon natijalarining...