Ramazon oyida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari faoliyat yuritadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Endi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazining har bir hududiy boshqarmada 2 nafardan vakili bo‘ladi. Ular har haftada tuman va shaharlardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga qancha ehtiyoj borligini va kelgusi bir oy, uch oy hamda bir yil ichida talab qanday o‘zgarishini prognoz qiladi.
Shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va omborlardagi zaxiralar talabni qanchalik qoplay olishi o‘rganiladi. Yetishmaydigan qismi qaysi manbalar hisobidan ta’minlanishi bo‘yicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi tuziladi.
«Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi...