Tesla Xitoy bozoridagi barcha yangi Model 3 avtomobillarini 16 dyuymli markaziy ekran bilan jihozlay boshladi. Shuningdek, mamlakatdagi Model 3 va Model Y avtomobillarida 2,2 kVtgacha elektr energiyasini tashqi qurilmalarga uzatish funksiyasi paydo bo‘ldi. AQShdagi Model 3 esa bu yangilanishlardan hozircha chetda qoldi.
Model 3 kattaroq ekranga ega bo‘ldi
Tesla Xitoydagi barcha amaldagi Model 3 komplektatsiyalariga 16 dyuymli sensorli ekran o‘rnatishni boshladi. Avval avtomobil 15,4 dyuymli ekran bilan jihozlangan edi.
Kompaniya yangi displeyning aniqligi va yangilanish chastotasi yuqoriroq ekanini bildirgan, biroq ushbu ko‘rsatkichlarning aniq qiymatlarini oshkor qilmagan.
Bundan tashqari, Xitoydagi xaridorlar Model 3 uchun yangi och kulrang «premium» salon variantini...