Bugun, 4-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati Amiri Tamim bin Hamad Al Thani bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan keskin vaziyat va ziddiyatlarning kuchayishi mintaqaviy barqarorlik hamda tinchlikka jiddiy tahdid solayotgani ta’kidlandi. Tomonlar muqaddas Ramazon oyida musulmon ummati o‘rtasidagi kelishmovchilikni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomaqbul harakatlardan chuqur xavotir bildirdi.
Davlatlar suvereniteti, tinchligi va osoyishtaligiga xavf tug‘diruvchi har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish mintaqa mamlakatlarining umumiy manfaatlariga mos kelishi qayd etildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston rahbari Qatarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va ularni Vatanga qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan...