Mazda kompaniyasi yangi Mazda EZ-60 elektromobili uchun 30 mingdan ortiq oldindan buyurtma tushganini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Oldindan savdo 2025-yil aprel oyida boshlangan edi. Rasmiy taqdimot esa 2025-yil sentabr oyiga rejalashtirilgan.
Mazda ushbu modelni Xitoyda Changan kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda. EZ-60 Mazda’ning Xitoy bozoridagi elektromobil strategiyasining muhim qismiga aylandi.
Mazda avvalroq EZ-6 sedanini taqdim etgan edi. Bu model 2024-yilda chiqarilgan. Joriy yil boshida Mazda 600 dona EZ-6 avtomobilini Belgiya tomon eksport qilgan. Bu kompaniya tarixidagi birinchi yirik elektromobil eksporti bo‘ldi.
EZ-60 uchun o‘zgacha oldindan buyurtma tizimi joriy etilgan. Xaridorlar atigi 10 yuan (1,40 AQSh...