Honor Magic V5 modeli 2-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da (Toshkent vaqti bilan 16:00 da) taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya Weibodagi sahifasida ma’lum qildi.
Unda boshqa yangi Honor qurilmalari ham namoyish etilishi kutilmoqda.
Magic V5 oldingi model – Magic V3 ga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Unda 6 100 mA/soat sig‘imli batareya, 66 vatt quvvatda tezkor quvvatlash, 200 megapikselli periskop kamera va Snapdragon 8 Elite Leading Version protsessori bo‘ladi.
Yangi model juda yupqa korpusga ega bo‘ladi – 9 mm dan ham ingichka. Agar bu tasdiqlansa, Magic V5 dunyodagi eng yupqa bukiladigan smartfon bo‘ladi. Hozircha bu unvon Oppo Find...