Chevrolet kompaniyasi 2027-yilgi Chevrolet Equinox modelida muhim texnik o‘zgarish kiritadi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, endilikda krossoverda CVT uzatmalar qutisi qo‘llanilmaydi. 2025 va 2026-yilgi old g‘ildirakli Equinox versiyalarida yangi CVT avtomat uzatma qo‘llangan edi. To‘liq privodli variantlarda esa GM’ning 8 pog‘onali klassik avtomat qutisi ishlatilgan.
2027-yildan boshlab barcha konfiguratsiyalarda aynan 8 pog‘onali avtomat standart bo‘ladi. Old va to‘liq privod versiyalari bir xil uzatmaga o‘tadi.
Equinox 1,5 litrli turbo dvigatel bilan taklif etiladi. Old privodda 175 ot kuchi va 184 lb-ft moment beradi. To‘liq privodda esa moment 203 lb-ft ga yetadi. Mutaxassislar pastroq moment cho‘qqisi CVT bilan...