Statistika agentligining 6-yanvar holatiga ko‘ra bergan ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 37 552 185 kishini tashkil etmoqda.
O’tgan yilgi ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 36 799 800 kishini tashkil etgan edi.
Statistika agentligi 2023-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot bergan edi. Aholi soni 36,4 mln kishini tashkil etgan (2021-yilda bu raqam 34,9 mln, 2022-yilda 35,6 mln nafar bo‘lgan).
Shuningdek, O‘zbekiston FHDYO organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakat bo‘ylab 858 005 ta tug‘ilish holati qayd etildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 413 698 nafari qiz bolalar, 444 307 nafari esa o‘g‘il...