So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish jarayonida fuqarolarning bank kartalaridan mablag‘ o‘g‘irlanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holatlar turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, moliyaviy firibgarlikning yangi shakli sifatida e’tirof etilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, firibgarlar fuqarolarga ovoz berish evaziga pul mablag‘lari yoki moddiy rag‘bat taklif qilgan holda, ularning bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritmoqda. Avvaliga ular jabrlanuvchilarga kichik pul o‘tkazmalarini amalga oshirib, shaxsiy kartaga bog‘langan SMS tasdiqlash kodlarini so‘rashadi. Ushbu kodlarni qo‘lga kiritgach, firibgarlar fuqarolarning hisobidagi pullarni noqonuniy tarzda o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lishmoqda.
«Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Tashabbusli budjet...