26-mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
26-mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobot taqdim etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
«O‘zbekneftgaz» tizimida tabiiy gaz qazib chiqarishning joriy dinamikasi, mavjud pasayish omillari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar haqida axborot berildi. Hisobotda qayd etilishicha, yilning birinchi choragida yangi quduqlar ishga tushirilib, mavjudlari ta’mirlangan va texnologik tadbirlar amalga oshirilgan, natijada qo‘shimcha hajmlar ta’minlangan. Yil davomida bu ishlar yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Quduqlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhimligi ta’kidlandi. Hozirda istiqbolli maydonlar aniqlanib, 2D va 3D seysmik tadqiqotlar olib borilmoqda. Burg‘ilash...
O‘zbekiston iqtisodiyotida uchinchi ustuvor yo‘nalish sifatida islomiy moliya xizmatlarini joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda prezidentga qilingan taqdimotda ma’lum qilindi.
Bunga murobaha (tovarni nasiyaga sotish), muzoraba (foydani taqsimlash sharti bilan moliyalashtirish), vakala (vakillik shartnomasi orqali mablag‘ berish), salam (oldindan haq to‘lash orqali moliyalashtirish), mushoraka (birgalikdagi faoliyat orqali moliyalashtirish), shuningdek islomiy ijara kabi instrumentlar kiradi. Qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa islomiy moliya vositalari ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Bunda sotilgan tovar ustamasiga QQS solinmasligi, investitsiyaviy omonatlardan olingan daromadning soliqqa tortilmasligi, islomiy ijara shartnomalarining moliyaviy ijara va lizingga tenglashtirilishi kabi imtiyozlar belgilangan.
Sohani tizimli boshqarish uchun Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi...
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil fevral oyida 7 marotaba yig‘ilish o‘tkazib, banklar, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid jami 43 ta masalani ko‘rib chiqdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishlarda, asosan, ro‘yxatga olish va ruxsat berish masalalari, banklar va kredit tashkilotlarining moliyaviy holati, prudensial me’yorlar va Markaziy bank ko‘rsatmalariga rioya qilinishi, inspeksiya tekshiruvlari natijalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablari hamda «tartibga solish qumdoni» doirasidagi sinov jarayonlari muhokama qilingan.
Aniqlangan kamchiliklar asosida 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan, 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkiloti esa chora va sanksiyalar...
Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda Enterprise Uzbekistan brendi ostida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur markaz uchun 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Unda yangi texnologik yechimlarni regulyator qumdoni asosida sinovdan o‘tkazish, ish haqlarini xorijiy valyutada to‘lash, xalqaro mehnat standartlarini joriy etish hamda shaxsiy ma’lumotlarni zamonaviy bulutli texnologiyalar asosida qayta ishlash imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, markazda intellektual mulkni himoya qilish, startaplar va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bojxona va soliq bo‘yicha ham bir qator yengilliklar berilishi rejalashtirilgan.
Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida...
Samsung kompaniyasi Galaxy A57 va Galaxy A37 smartfonlarini rasman namoyish etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.
Yangi modellarda oldingi avlodlar ruhidagi dizayn saqlangan, ammo korpus materiali yaxshilangan, yangi platformalar va sun’iy intellekt funksiyalari qo‘shilgan. Kamera yangilanishlari esa minimal darajada amalga oshirilgan. Savdo 10-aprel kuni boshlanadi.
Galaxy A57 xususiyatlari
Galaxy A57 4-nanometrli Exynos 1680 tizimli chipga ega bo‘lib, sovutish samaradorligini oshirish uchun 13% kattalashtirilgan bug‘lash kamerasi bilan jihozlangan. Qurilma metall ramka va IP68 darajasida himoya bilan chiqarilgan.
Galaxy A37 xususiyatlari
Galaxy A37 Exynos 1480 chipi bilan ishlaydi (Galaxy A55 singari). A57 modelidan farqli ravishda, uning yon ramkasi...
Shavkat Mirziyoyev bugun, 25-mart kuni Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda bank tizimida islomiy moliya mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Ko‘plab xalqaro kompaniyalar mintaqaviy xavf-xatarlarni baholab, yangi bozorlarni o‘rganishni boshlagan. Bu biz uchun tarixiy imkoniyat. Shu vaziyatda fursatni boy bermasdan xalqaro moliya kompaniyalarini o‘zimizga tezroq jalb qilishimiz shart», – dedi prezident.
Taqdimotda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan uchta asosiy yo‘nalish – xalqaro moliya markazi va raqamli texnologiyalar markazini tashkil etish hamda islomiy moliya xizmatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kia kompaniyasi yangi avlod Kia Seltos 2027 modelining ilk tizer suratlarini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Avtomobilning rasmiy taqdimoti 1-aprel kuni Nyu-York avtosalonida bo‘lib o‘tadi.
Yangi Seltos brendning Opposites United dizayn konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tabiat va texnologiya uyg‘unligi aks ettirilgan. Tizerlarga qaraganda, krossover yanada burchakli, massiv va balandroq siluetga ega bo‘lgan.
Tashqi ko‘rinishda zamonaviy LED kunduzgi chiroqlar, keng kapot chizig‘i va yashirin eshik tutqichlari kabi elementlar mavjud.
Dizayn jihatdan model Kia Telluride yangi avlodiga o‘xshashliklarga ega bo‘lib, yanada jiddiy va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Kompaniya ta’kidlashicha, yangi Seltos kundalik foydalanish uchun qulaylik...
2025-yilda O‘zbekistonda yangi uy-joylar qurilishi hajmi oshib, foydalanishga topshirilgan xonadonlar soni 3,6 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yil davomida jami 69,1 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 2,4 mingtaga ko‘pdir.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan – 10,8 mingta xonadon. Shuningdek, Toshkent viloyatida 6,7 mingta, Surxondaryo viloyatida 6,1 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan.
Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 5,9 mingtadan, Buxoro viloyatida 5,6 mingta, Andijon viloyatida 4,8 mingta xonadonni tashkil etgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4,6 mingta, Qashqadaryo viloyatida 4,1 mingta, Samarqand viloyatida 3,5 mingta xonadon...
Luxeed kompaniyasi R7 va S7 modellarining yangi versiyalarini taqdim etdi. Yangilanishlar Huawei va Chery hamkorligida amalga oshirildi.
Narx va texnologiyalar
Yangi Luxeed S7 sedani taxminan 29,7 ming yevrodan boshlanadi, Luxeed R7 esa taxminan 32,2 ming yevrodan sotuvga chiqarildi. Har ikki model avvalgisidan $1450 ming qimmatroq. Ushbu narx oshishi avtomobillarga o‘rnatilgan 896 kanalli LiDAR sensorlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular atrof-muhitni yuqori aniqlikda tahlil qiladi va xavfsizlik hamda yarim avtonom boshqaruv imkoniyatlarini kengaytiradi.
Dizayn va yangi ranglar
Yangilangan modellar yangi rang variantlari bilan taqdim etildi: Luxeed S7 uchun binafsha, Luxeed R7 uchun esa to‘q sariq rang. Ushbu ranglar avtomobillarga yanada...
Fransiyaning Ligier kompaniyasi 2026-yil uchun yangi Myli mikrokarlari qatorini taqdim etdi. Ushbu shahar avtomobili dastlab Italiya bozorida sotuvga chiqadi. Bu haqda Speedme.ru nashri xabar berdi.
Yangi model Myli Lab va Myli Max versiyalarida taklif etiladi. Myli Lab dizayn va texnologiyaga urg‘u berib, Co-Lab orqali avtomobilni shaxsiylashtirish imkonini beradi. Shuningdek, unda planshet asosidagi multimedia tizimi bo‘lib, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlanadi.
Myli Max esa amaliy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Flex IT tizimi orqali o‘rindiq buklanadi va yuk hajmi 1,2 kub metrgacha kengayadi. Bu esa 1,5 metrgacha bo‘lgan buyumlarni tashish imkonini beradi.
Avtomobil elektr va dizel variantlarda taqdim etiladi. Elektr...
O‘zbekistonlik 11 yoshli Yasmina Husniddinova ilk bor Britain’s Got Talent sahnasida ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Angliyaning Blackpool shahrida bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida u hakamlar hay’atidan 4 ta «Ha» olib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu O‘zbekiston nomidan ushbu nufuzli loyiha sahnasida qayd etilgan muhim tarixiy natija hisoblanadi.
Yasmina sahnada Never Enough qo‘shig‘ining kuchli kaver-versiyasini ijro etib, hakamlarni hayratda qoldirdi. Uning yoshiga qaramay kuchli va ta’sirli ovozi tomoshabinlar e’tiborini tortdi.
Ma’lumot uchun, Yasmina avval ham xalqaro maydonda yutuqlarga erishgan. U Slavyanskiy Bazar Vitebsk festivalida Gran-pri sohibasi bo‘lgan, shuningdek, Sanremo Junior tanlovida ham...
Toshkent shahri va Navoiy viloyatida xorijiy davlatlarga ishga yuborish nomi ostida amalga oshirilgan firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, poytaxtning Sergeli tumani bo‘limi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa fuqarodan AQSh davlatiga borishi uchun «Biznes» vizasini rasmiylashtirib berish evaziga $75 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Xatirchi tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJ rahbari boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni Bolgariya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan $3 ming olgan vaqtida ashyoviy...
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Afg‘onistondan mamlakatimizga kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalarni to‘xtatib qoldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Afg‘onistonning Qunduz viloyatida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan shaxs davlat chegarasini buzgan holda Amudaryo orqali qayiqda O‘zbekiston hududiga o‘tishga uringanida qo‘lga olindi. Uning yonida olib o‘tilgan 2 ta qopda jami 10 dona o‘ramda, sof og‘irligi 10 kg 354 gramm bo‘lgan «gashish» giyohvandlik vositasi topildi. Hodisa rasmiy ravishda protsessual tartibda qayd etildi.
Hozirda DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, tergov harakatlari doirasida ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan...
Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan A seriyaning eng so‘nggi modeli — Samsung Galaxy A56 imkoniyatlari va ishlash tezligi bilan ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida modelda uchraydigan muammo va kamchiliklar haqida so‘z boradi.
Galaxy A56 5G’ning asosiy kuch manbai — 4 nm texnologiya asosida yaratilgan Exynos 1580 chipidir. Qurilma turli bozorlarda RAM va ichki xotira variantlari bilan taqdim etiladi. Kundalik foydalanishda smartfon...
O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga $3 – $3,5 mlrd investitsiya ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi boshlig’i Jamoliddin Nazarov MRO Central Asia Conference Uzbekistan 2026 konferensiyasida ma’lum qildi.
Asosiy investitsiya hajmi $2,5 – $2,6 mlrd yangi aviatsiya hubini Toshkentda qurishga yo‘naltiriladi. Loyiha doirasida yiliga 20 mln yo‘lovchini qabul qila oladigan zamonaviy aeroport qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalga oshirish muddati 2028 – 2032 yillarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, Buxoro shahrida yangi aeroport qurilishi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning qiymati $226 mlnni tashkil etadi. Yangi aeroport 2027-yilda foydalanishga topshiriladi.
Infratuzilmani modernizatsiyalashga $223 mln, shuningdek, keyingi to‘rt yil ichida hududiy...
O‘zbekistonda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi elektron tijorat bozoridagi ommaviy oferta shartnomalarida aniqlangan 45 ta kamchilikni qonun talablariga muvofiqlashtirdi. Bu haqda qo‘mitaning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruvlar davomida bir qator platformalar faoliyatida qonunbuzilishlar aniqlangan. Xususan, Uzum Tezkor ommaviy ofertasida 26 ta, BeeMarket shartnomasida esa 18 ta kamchilik qayd etilgan. Shuningdek, Orzon.uz va BROSTORE saytlarida ommaviy oferta shartnomalari umuman mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, Seide International kompaniyasining ommaviy ofertalari davlat tilida taqdim etilmagani aniqlangan. Umuman olganda, xaridorlarga nuqsonli tovarlarni almashtirib bermaslik yoki pulini qaytarmaslik, yetkazib berish muddatlarini buzish va to‘liq ma’lumot taqdim etmaslik kabi holatlar kuzatilgan...
Namangan viloyati Pop tumanida «Arashan Resort» majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aroshan ko‘llari» tizimi atrofida barpo etilayotgan mazkur majmua ana shunday istiqbolli loyihalardan biri hisoblanadi. Loyiha qiymati $150 mlnni tashkil etadi. U 600 gektar maydonda quriladi. Majmua ishga tushgach, kuniga 2,5 ming nafargacha sayyohni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Yiliga esa 912 ming nafargacha turistga xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Loyiha doirasida ekologik, tog‘ va ekstremal turizm yo‘nalishlari rivojlantiriladi. Hududda dam olish maskanlari, gastronomik markazlar va sog‘lomlashtirish zonalari tashkil etiladi. Shuningdek, tematik parklar, tog‘-chang‘i komplekslari, zipline, restoran...
Honda va Sony kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqilayotgan Afeela elektromobillari loyihasini to‘xtatdi. Bu haqda Motor1 portali ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, qaror Honda’ning elektromobillar strategiyasini qayta ko‘rib chiqishi ortidan qabul qilingan. Kompaniya 12-mart kuni o‘z EV rejalarini yangilagan edi va bu o‘zgarishlar qo‘shma loyiha faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Sony Honda Mobility qo‘shma korxonasi bayonotida aytilishicha, yangi strategiya tufayli texnologiyalar va resurslardan foydalanish rejasi tubdan o‘zgargan. Shu sabab Afeela 1 va ikkinchi modelni ishlab chiqish va sotuvga chiqarish to‘liq bekor qilingan.
Avvalroq Afeela 1 modeli 2026-yil oxirida sotuvga chiqishi rejalashtirilgan edi. Uning narxi $102,9 mingdan boshlanishi, arzonroq versiyasi esa 2027-yilda taqdim etilishi...
Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan taqiqlangan moddalarga qarshi o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli operatsiya doirasida aktrisa Hande Erchel va boshqa taniqli shaxslarni hibsga olishga order berildi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur tergov harakatlari jamoat axloqi va oilaviy qadriyatlarni himoya qilish maqsadida boshlangan. Operatsiya davomida jami 16 nafar gumondorga nisbatan order chiqarilgan bo‘lib, ularning 14 nafari politsiya uchastkasiga olib kelingan.
Aktrisa Hande Erchel ayni paytda xorijda bo‘lgani sababli hozircha qo‘lga olinmagan. Sud organlari u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan gumondorlar qatorida ekanini ma’lum qildi. U Turkiyaga qaytganidan so‘ng politsiya uchastkasiga chaqirilishi yoki bevosita aeroportning o‘zida so‘roq qilinishi kutilmoqda.
Hibsga olinishi kutilayotgan...
Neuralink kompaniyasi og‘ir nutq buzilishlariga ega bemorlar uchun gapirish imkoniyatini qaytaruvchi Voice texnologiyasini klinik sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Ilon Mask X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur texnologiya miya buyruqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sintezlangan nutqqa aylantirish imkonini beradi va bemorlarning nutqi mustaqilligini oshirishga xizmat qiladi.
Sinovlarda ishtirok etayotgan bemorlardan biri Kennet Shok «miya-kompyuter» interfeysidan foydalanadi. Jismonan gapira olmay qolgan Kennetning miyasi buyruqlarni shakllantirishni davom ettiradi va implant ularni real vaqt rejimida nutqqa aylantiradi. Voice texnologiyasi ilgari fikr kuchi bilan kursorni boshqarishga qaratilgan tadqiqotlarni davom ettiradi, lekin yangi tizim neyron signallarini fonemalar darajasigacha dekod qilib, to‘liq nutq hosil qiladi.
N...
26-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
16-mart kuni 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni qayd etdi. 17-martdan 19-martga qadar o‘sish qayd etildi. Asosan, 17-mart kuni dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga, 26-mart kuni esa 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 23,41 so‘mga tushib, 14 711,85 so‘mni...
26 – 27-mart kunlari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, suv va energetika xavfsizligini ta’minlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalari muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar paketini imzolash rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston va...
2026-yil 1-mart holatiga mamlakatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 140 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalar, asosan, Turkiya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni 27 tani tashkil qiladi. Shuningdek, Xitoydan 21 ta, Rossiyadan 18 ta, Hindistondan esa 17 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu davlatlar mamlakatdagi xorijiy sarmoyaning asosiy qismini tashkil etadi va tibbiyot sohasining rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shadi.
Bundan tashqari, Qozog‘istondan 11 ta, Ozarbayjon va Janubiy Koreyadan har biri 10 ta, Qirg‘izistondan 6 ta, BAA va Yaponiya har biri 4 tadan, boshqa davlatlardan...