BYD kompaniyasi o‘zining eng katta krossoveri – Datang modelini rasmiy taqdimotga tayyorlamoqda. Bu haqda Autohome nashri ma’lum qildi.
Taqdimoti va narxi
Avtomobil Dynasty seriyasining flagman «to‘qqizinchi» liniyasiga kiradi va joriy yilning birinchi yarmida Xitoy bozoriga chiqariladi. Krossover narxi 400 ming yuandan (taxminan $57,6 ming) oshishi kutilmoqda. Shunga qaramay, yangi Li Auto L9 Livis modeli hali ham qimmatroq bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinish va dizayn
Datang’ning tashqi ko‘rinishi odatiy Tang krossoveridan sezilarli darajada farq qiladi. Avtomobil dizaynerlari yopiq old panjarali yangi stilistikani qo‘llashgan. «Tang» logotipi qadimgi kaligrafiya uslubida ishlangan bo‘lib, modelning nufuzini ta’kidlaydi. Shuningdek, avtomobilda ko‘p shpilkali g‘ildirak disklari...