Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlat delegatsiyalari ham ishtirok etdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmining keskin oshgani, investitsiya portfeli $60 mlrddan ortgani va ko‘plab yirik loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi. Shu jumladan, BYD elektromobillarini ishlab chiqarish, qo‘shma texnoparklar, «yashil» energetika, sun’iy intellekt, transport infratuzilmasi hamda ta’lim sohasidagi tashabbuslar alohida ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni kuchaytirish maqsadida Konfutsiy institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi universitet filiallarini ochish...