Nyu-Yorkda o‘tgan saylovlarda 33 yoshli Zohran Mamdani shahar meri etib saylandi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
U bu lavozimni egallagan eng yosh mer (1892-yildan beri), birinchi musulmon va Afrikada tug‘ilgan ilk shahar rahbari bo‘ladi.
Mamdani saylovga o‘tgan yili katta mablag‘siz, tanilmagan nomzod sifatida kirgan edi. Shunga qaramay, u sobiq gubernator Endryu Kuomo va respublikachi nomzod Kurtis Silvani mag‘lub etdi. Bu natija ko‘plab demokratlar uchun tarixiy burilish sifatida baholanmoqda.
U yosh, ijtimoiy tarmoqlarda faol va so‘l qanot g‘oyalarning faol tarafdori. Uning dasturida bepul bolalar parvarishi, keng jamoat transporti va davlatning bozor jarayonlariga aralashuvi kabi tashabbuslar bor. Shu bilan birga...