RedMagic brendi jahon bozorida yangi flagman smartfoni RedMagic 11 Proni rasman taqdim etdi. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.
Ushbu model Xitoyda RedMagic 11 Pro+ nomi bilan tanilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda AnTuTu reytingida eng yuqori natijaga ega bo‘ldi.
Yangi modelning asosiy yangiligi – AquaCore tizimi bo‘lib, u suyuq va havoli sovitish tizimlarini birlashtiradi. Ventilyator soatiga 24 ming aylanma tezlik bilan ishlaydi. Nightfreeze va Subzero versiyalarida shaffof orqa panel orqali suyuqlik aylanishi ko‘rinadi, klassik uslubni yoqtiruvchilar uchun esa qora rangdagi Cryo versiyasi mavjud.
RedMagic 11 Pro Snapdragon 8 Elite Gen 5 platformasida qurilgan va o‘zining o‘yin protsessori RedCore R4 bilan...