UzAuto Motors 3-noyabrda Chevrolet Cobalt uchun yangi shartnomalarni ochdi. 2025-yilda xaridorlar to‘rtta turdagi komplektatsiyadan birini tanlash imkoniga ega bo‘ldi. Eng arzon model 147,9 mln so‘mdan boshlanadi, eng qimmati esa 165,2 mln so‘mni tashkil qiladi. Narxlar orasidagi farq 17 mln so‘mdan ortiq. «Lekin bu ortiqcha to‘lov o‘zini oqlaydimi?» degan savol har bir xaridor uchun muhim. Autostrada oddiy va yangilangan Cobalt avtomobillarining farqlari va texnik o‘xshashliklarni o‘rgangan.
Modellarning asosiy farqlari
Yangi Cobalt’ning asosiy farqi — dvigatel va ichki jihozlarda. Avvalgi versiyalarda ishlatilgan B15D2 L2C dvigateli o‘rniga endilikda B15D2 L2B motor o‘rnatilgan. Bu motor gaz taqsimotining o‘zgaruvchan fazalariga ega. Euro-5 standartiga...