Xitoyning GAC Aion kompaniyasi yangi GAC Aion i60 avtomobili uchun oldindan buyurtmalarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Model elektr va gibrid (EREV) versiyalarida taqdim etilgan. EREV modelining boshlang‘ich narxi 126,800 yuan ($17,8 ming), to‘liq elektr versiyasi esa 119,800 yuandan ($16,8 ming) boshlanadi.
Aion i60 besh o‘rinli ixcham SUV. CLTC sikliga ko‘ra 210 km sof elektr yurish masofasiga ega. Avtomobil 3C tez quvvatlash tizimi bilan jihozlangan.
Tashqi dizaynida yuqoriga cho‘zilgan LED chiroqlar, uzluksiz kunduzgi chiroqlar paneli va pastki qismda havo kirish panjarasi mavjud. Yon tomondan model Aion V bilan o‘xshash. Lekin uzunligi 4685 mm bo‘lib, 105 mm...