2022-yilda Krishtianu Ronaldu britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan intervyusi orqali katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda portugaliyalik yulduz «Manchester Yunayted»ni keskin tanqid qilgan va oradan ko‘p o‘tmay jamoani tark etgan edi.
Oradan uch yil o‘tib, Ronaldu yana Pirs Morgan bilan suhbatlashdi. 4-noyabr kuni jurnalist intervyuning birinchi qismini e’lon qildi va bu suhbat ham avvalgisidek munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Ronaldu suhbat davomida «Arsenal»ni chempionlikka da’vogar sifatida ko‘rsatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» juda ko‘p ochko yo‘qotmoqda va klubga tizim yetishmayapti.
«Arsenal» chempion bo‘lishi mumkin, lekin «Manchester» emas. Bu klub hali ham yuragimda. Men uni yaxshi ko‘raman...