Soʻnggi kunlarda Toshkent shahrida atmosfera havosidagi mayda dispersli zarrachalar (PM10) miqdorining oshishi aholida xavotir uygʻotdi. «OʻzGidromet» direktori Sherzod Habibullayevning rasmiy bayonotiga koʻra, havo sifatining yomonlashuvi bir vaqtning oʻzida namoyon boʻlgan uchta asosiy tabiiy omil bilan bogʻliq.
Birinchi omil — keskin harorat almashishi va inversiya
Joriy hafta havo harorati qisqa muddat ichida keskin oʻzgardi. Issiq kunlardan sovuq kunlarga oʻtishda inversiya deb ataluvchi jarayon yuzaga keladi: sovuq havo pastda, issiq havo yuqorida qoladi va havo qatlamlari aralashmaydi. Natijada mayda zarrachalar past qatlamda toʻplanib, ularning konsentratsiyasi tez koʻtariladi. Bu holat Toshkent, Olmaota, Bishkek va Dushanbe kabi shaharlarda har yili kuz-qish oylarida...