Kia kompaniyasi o‘zining EV4 elektromobilini qattiq sovuq sharoitda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Sinovlar Norvegiya avtomobil federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan El Prix qishki testi doirasida o‘tkazildi. Sinov vaqtida harorat -20 dan -31 darajagacha bo‘ldi. Bu elektromobil uchun juda qiyin sharoit hisoblanadi.
EV4 modeli WLTP sikli bo‘yicha 594 km masofani bosib o‘tishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, sinov sharoitida mashina 390 km yo‘l bosdi. Mashina 81,4 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, qattiq sovuqqa qaramay, e’lon qilingan masofaning 65 foizini bosib o‘tdi.
Shuningdek, EV4 shunday sharoitda batareyani 10% dan 80% gacha yetkazishda 33 daqiqa sarfladi. Bu natija Kia...