Xitoyning davlat va xususiy neft kompaniyalari AQSh sanksiyalari tufayli Eron va Rossiyadan yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan uzilishlarga tayyorgarlik koʻrmoqda. Shu sababli ular Yaqin Sharq mamlakatlaridan neft xaridini faollashtirgan, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Ta’kidlanishicha, neftni asosan China National Offshore Oil Corporation (CNOOC), Shandong Yulong Petrochemical Co. kabi kompaniyalar sotib olmoqda.
Joriy yil boshida Vashington Rossiyaning neft kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Shuningdek, AQSh uglevodorodlarni noqonuniy yetkazib berishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tankerlarni «qora» roʻyxatga kiritdi.
Bundan oldin Reuters agentligi manbalari Rossiyaning neft sanoatiga qarshi Amerika sanksiyalarining kuchaytirilishi Hindiston va Xitoyga uglevodorod yetkazib berishning pasayishiga olib kelishi haqida xabar...