ZTE kompaniyasi Xitoy Yangi yiliga bag‘ishlangan Nubia Z70 Ultra New Year Edition smartfonini taqdim etdi. U standart modelning texnik xususiyatlarini saqlab qolgan, lekin yangi dizayn va sovg‘alar bilan boyitilgan. Bu haqda Weibo nashri ma’lum qildi.
Ushbu model 16-yanvarda faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqariladi.
Smartfon 144 Gts yangilanish tezligiga ega, 6,85 dyuymli 1,5K OLED displey bilan jihozlangan. Uning ekran maydoni 95,3% ni tashkil etib, yorqinligi 2000 nitsgacha yetadi.
U Snapdragon 8 Elite chipi, Adreno 830 grafik protsessori, 24 GB LPDDR5X operativ xotira va 1 TB UFS 4.0 saqlash hajmi bilan ishlaydi. Smartfon Android 15 asosida ishlab chiqilgan Nebula...