Markaziy bankning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari rasmiy kursi 15 so‘m 8 tiyinga ko‘tarilib, 12 972,08 so‘mni tashkil etdi.
10-yanvarda ham kurs o‘sib, 12 957 so‘mga yetgan edi.
Shu bilan birga, 9-yanvar kuni dollar kursida qisqa muddatli pasayish kuzatilib, 22 so‘m 54 tiyinga kamaygan edi. Biroq 8-yanvarda dollar rekord darajada 12 962,98 so‘mga yetgan. Yangi yil boshida ham kursda o‘sish davom etdi: 7-yanvarda 12 948,10 so‘mni, 4-yanvarda esa 12 942,01 so‘mni tashkil etdi.
2025-yil uchun ekspertlar prognozlari
Alif Uzbekistan kompaniyasi rahbari Nuriddin Lafizovning fikriga ko‘ra, 2025-yil boshida so‘m dollarga nisbatan...