Feruza Eshmatova Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) etib saylandi. Bu haqda Quyi palata matbuot xizmati Telegram kanalida ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 16-bandiga hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Feruza Eshmatova nomzodi ilgari surilgan.
Majlis davomida deputatlar nomzod bilan savol-javob o‘tkazib, muhokamalar olib borilgan.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Feruza Eshmatova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili, ya’ni Ombudsman lavozimiga saylandi.
Ma’lumot uchun, Feruza Eshmatova 2015-yilda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining III chaqiriq deputati etib saylangan. 2020-yilda Oliy Majlis Senatining IV chaqiriq a’zosi etib saylangan...