Til o‘rgangan yoshlarning ayrimlari rag‘batlantiriladi. Bu haqda prezidentning 27-iyun kuni qabul qilingan qarorida aytilgan, deb xabar berildi Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram kanalida.
Bundan oldin ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan darajada olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini qaytarib berilar edi. Qarorga ko‘ra, bundan yoshlar qo‘shimcha ravishda oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari, ya’ni 1,02 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantiriladi.
Shu bilan birga, 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvar oralig‘ida yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon xarajatlari qoplanishi uchun talab etiladigan darajaning minimal koʻrsatkichi bir...