Joriy yildan «Kelajak tadbirkori» dasturi boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.
Dastur doirasida yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha 15 foizli kreditlar ajratiladi. O‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 mln so‘mgacha kredit beriladi. Biznes ko‘nikmasiga ega bo‘lib, yangi ish boshlayotganlarga 300 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar 2 mlrd so‘mgacha kredit olishi mumkin. Kamida 5 nafar bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ beriladi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birga «Mening birinchi kasbim» dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Unda stajirovka asosida tanlov o‘tkazilib, oliygoh bitiruvchilariga oyiga 2 mln so‘mgacha...