Markaziy bankning nazorat qo‘mitasi tomonidan joriy yil sentabr oyi yig‘ilishlari davomida 21 masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ikki bankka nisbatan jarima qo‘llanildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, barcha tijorat banklari Kredit axborotining davlat reyestriga kredit axboroti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kechikib yoki noto‘g‘ri taqdim qilganligi sababli chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Bundan tashqari, ogohlantirishlarga qaramasdan «Maroqand» AJ tomonidan taqiqlangan xizmatlar (qimor o‘yinlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yib kelganligi sababli to‘lovlar bilan bog‘liq xizmatlari olti oyga cheklandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot Upay va Humans Pay tovar belgilariga ega. «Maroqand» asoschisi – Humans Companies.