Oʻzbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga suv sifatini aniqlash uchun uskunalar, uni tozalash tizimlari va baliq yetishtirish uchun suv isitgichlari topshirildi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xabar bermoqda.
Uskunalar Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va BMTTD vakillari tomonidan 5-mart, seshanba kuni topshirildi.
Olingan uskunalar respublika baliqchilik xoʻjaliklarida energiya samaradorligini oshiradi.
BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Karman mamlakatimizda baliq isteʼmol qilish darajasi past – aholi jon boshiga yiliga 3,5 dan 4 kg gacha ekanligini taʼkidladi. Holbuki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan norma miqdor 16 kg ni tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil oktabr oyi boshidan Oʻzbekistonda tadbirkorlik...