Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo tumanida ko‘prik ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ko‘prikning uzunligi 423 metr. U bilan birga Shovot-Qorao‘zak bekatlarini bog‘laydigan 85 km temir yo‘l hamda 3 ta vokzal ham barpo etildi.
«Orolbo‘yi mintaqasini, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish, avvalo, ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatib, murakkab vaziyatda yashayotgan aholimizga qulay sharoitlar yaratish mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining bosh maqsadlaridan biridir. Ilgari ham aytganimdek, Qoraqalpog‘istonning taqdiri – bu O‘zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun O‘zbekiston xalqining baxti va farovonligidir. Bugun mana shu ezgu maqsadni amalga oshirish yo‘lida yana bir...