O‘zbekistonda Ispaniya tajribasi asosida zamonaviy issiqxonalar quriladi. O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning New Greenhouses Projects S.L. kompaniyasi direktori Xose Migel Rinkon bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralarda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida Ispaniyaning Almeriya provinsiyasi tajribasi asosida zamonaviy issiqxona majmualarini barpo etish masalasi muhokama qilindi. Almeriya dunyodagi eng samarali issiqxona xo‘jaliklari markazlaridan biri hisoblanadi.
Loyihada issiqxonalarni energiya bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Ispaniya tomoni an’anaviy gaz va ko‘mir o‘rniga vodoroddan muqobil energiya manbai sifatida foydalanishni taklif qildi. Bu usul iqtisodiy va ekologik jihatdan samarali deb baholandi.
Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi modelini joriy etish orqali xarajatlarni kamaytirish va...