O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Esenbog‘a» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi kutib oldi. Aeroportda ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar o‘rtasida qisqa uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bugun Oqsaroy qarorgohida Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika...