Bugun, 14-noyabr kuni futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Xalqaro futbol eksperti Alisher Nikimbaev Kursiv Uzbekistan nashriga ushbu o‘yindan nimalar kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Nikimbaevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston terma jamoasi 2008-yil sentabr oyidan beri rasmiy o‘yinlarda Qatar terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchramagan. 2008-yilda O‘zbekiston Jassim bin Hamad stadionida Qatarga 3:0 hisobida yutqazgan edi. Bugungi o‘yin ham aynan shu maydonda bo‘lib o‘tadi.
«O‘shandan buyon Osiyo kubogida faqat bir bor mag‘lub bo‘lganmiz, u ham penaltilar seriyasida. Qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonganmiz. Umuman olganda, o‘zaro uchrashuvlar tarixi va...