Chery Automobile BAA bozorida Rely R08 o‘rta o‘lchamli pikapini taqdim etdi. CarNewsChina’ga ko‘ra, modelning boshlang‘ich narxi $17,1 mingni tashkil etadi. Narxga QQS ham kiritilgan.
Rely bu Chery’ning 2019-yilda tashkil etilgan tijorat brendi hisoblanadi. R08 pikapi kompaniyaning xorijiy bozorlardagi asosiy modellaridan biri. Ayrim mamlakatlarda u Chery Himla nomi bilan ham sotiladi. BAAda model Al Ghurair Mobility bilan hamkorlikda taqdim etildi. Dastlabki avtomobillar Dubaydagi Rely salonida mavjud.
Rely R08’ning o‘lchamlari 5370/1960/1880 mm, g‘ildirak bazasi 3230 mmni tashkil etadi. U Toyota Hilux’dan biroz uzunroq. Pikap ramali konstruksiyaga ega. Yuk platformasining uzunligi 1530 mm, kengligi 1620 mm, balandligi 515 mm. Yuk ko‘tarish...