O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi. Toʻliq matn davlat rahbari saytida eʼlon qilingan.
Prezidentimizning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda 18 milliondan ortiq o‘g‘il-qiz istiqomat qiladi. Ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishi, bilim olishi, ish bilan ta’minlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Masalan, O‘zbekistonda «Yoshlar daftarlari» tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda, unga ko‘ra, 798 ming nafar yoshlarga yordam ko‘rsatish uchun qariyb 1 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan 53 ming nafar talabaning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi to‘landi.
Davlatimiz rahbari oliy taʼlim muassasalari soni qariyb uch baravar (210) oshganiga ham eʼtibor qaratdi. Qo‘llab-quvvatlash choralari orasida imtiyozli kreditlar ham bor. Oxirgi uch yilda...