Tabiiy resurslar vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev rossiyalik siyosatchi va yozuvchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi so‘zlariga keskin munosabat bildirdi.
Janob Prilepin va O‘zbekistonni bosib olmoqchi bo‘layotgan boshqalarga birinchidan, o‘z tilida «poshyol na x…»— yozadi Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida.
Avvalroq, Prilepin Rossiya Federatsiyasidagi muhojirlar, shuningdek, sobiq ittifoq davlatlarining Rossiya tarkibiga qo‘shilishi haqida gapirgan edi. U muhojirlar bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lish uchun rossiyaliklarni ko‘proq o‘g‘il tug‘ishga chaqirdi.
«Ko‘proq farzand ko‘ring, yangi erkaklar tug‘ing va bu mavzu endi mavjud bo‘lmaydi. Ruslar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangi kelganlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ladi. Darhaqiqat, men hali ham sidqidildan qo‘llab-quvvatlayman, bu hududlardan...