Yandex Go taksi xizmati Oʻzbekistonda yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati «Kursiv»ga.
«Biz O‘zbekistonda yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazdik va 1 dekabrgacha Yandex Go axborot xizmatini mamlakatda mahalliylashtirishimizni tasdiqlaymiz. Bu shuni anglatadiki, xizmat tegishli soliqlarni hisobga olgan holda mahalliy kompaniya tomonidan taqdim etiladi. Endi biz jarayonlarni o’rnatamiz. Kompaniyamiz yo‘lovchi tashishni fiskallashtirish masalasida ham Soliq qo‘mitasi bilan muloqot olib bormoqda», deb ishontirdi Yandex Go kompaniyasining MDHdagi rahbari Kirill Svintsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yandex Go ushbu yo‘nalishda departament bilan hamkorlik qiluvchi birinchi platforma bo‘ldi.
Svintsovning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus bozor uchun yangi bo’lgan, ammo xizmat uni oqilona...