Orda.kz: «O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi Singapur usuli bo‘yicha kurashadi» – O‘zbekiston hukumati maktab o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida halollikni tarbiyalash uchun maxsus o‘quv dasturlari va qo‘llanmalar ishlab chiqadi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori Akmal Burxonovning Singapur rasmiylari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
APK-Inform: «O‘zbekiston Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda» — Joriy yilning 23-25-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Londonga tashrifi doirasida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (RAU) prorektori Piter Makkafferi bilan uchrashdi.
Eurasianet: «Xitoy-Markaziy Osiyo: Pekin yangi milliardlab dollar sarmoya va’da qilmoqda» – Xitoy mintaqa bilan iqtisodiy va harbiy...