O‘zbekistonda oltin quymalari narxi oxirgi oylarda eng yuqori darajada ko‘tarildi. Bu qimmatbaho metallning narxini respublika Markaziy banki eʼlon qildi. «Kursiv» narx o‘zgarishidan qancha daromad olish mumkinligini aniqlashga qaror qildi.
22-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda besh grammlik oltin quymasini 3,9 million so‘mga xarid qilish mumkin. 10 gramm uchun 7,83 million, 20 gramm uchun 15,66 million, 50 gramm uchun esa 39,16 million to‘lash kerak bo‘ladi. Sakkiz oy ichida metall mos ravishda 0,42 million, 0,85 million, 1,7 million va 4,23 millionga qimmatlashgan.
Lekin banklar oltinlarni chegirma bilan qaytarib oladi. Aytaylik, 22-sentyabrda 50 grammlik 37,3 million so‘mga qaytarib olinishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki...